Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 15-oktabr

Qanday ma’lumot olamiz

Bepul audit formasida biznesingiz qaysi sohada ekanini, oyiga qancha savdo qilishingizni, ism-familiyangiz va telefon raqamingizni so‘raymiz, boshqa narsa so‘ramaymiz.

Nima uchun ishlatamiz

Bu ma’lumotlar bilan sizga qo‘ng‘iroq qilib, audit vaqtini kelishib olamiz. Ularni hech kimga sotmaymiz.

Ma’lumotlaringizni kim ko‘radi

Arizangiz jamoamizning Google Sheets jadvaliga va Telegram guruhiga tushadi, uni faqat Alpha Enterprises xodimlari ko‘radi.

Meta Pixel

Reklamamiz qanchalik yaxshi ishlayotganini bilish uchun saytda Meta Pixel ishlatamiz. U sahifani ochganingizni va ariza qoldirganingizni Meta’ga bildiradi. Ariza qoldirsangiz, telefon raqamingiz va ismingizni ham shifrlab, Meta’ga yuboramiz.

Ma’lumotlaringizni o‘chirish

Ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlashimizni xohlasangiz, +998 88 823 45 57 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling yoki Telegram’dagi @Alpha_buxgalteriya akkauntimizga yozing.

Bosh sahifaga qaytish